12 Apr, 17:29
12 Apr, 12:18
11 Apr, 15:26
11 Apr, 10:12
10 Apr, 17:14
Yil oxiridagi mativatsiyani har 3 oyda qayta-qayta his qilishni xohlaysanmi?
10 Apr, 15:18
6 Apr, 14:18
4 Apr, 14:14
25 Mar, 13:47
Oʼz maqsadlarini yillik reja asosida amalga oshiradigan kishilarda rejalarimni amalga oshirish uchun yil davomida yetarlicha vaqt boʼladi, degan qarash shakllanib qoladi. Masalan, yanvardan dekabrgacha hali ancha payt bordek tuyiladi. Bu haqida oʼzingiz ham mulohaza yuritib koʼring; barchamiz yangi yilni ulkan maqsadlar bilan boshlaymiz, biroq yanvar oyi oxiriga kelib, odatda, erishishimiz kerak boʼlgan darajamizdan biroz orqada ekanligimizni his qila boshlaymiz. Bunday paytda oʼzimizdan koʼnglimiz toʼlmasa-da, juda qattiq tashvishlanishga ham hojat yoʼqdek goʼyo. Oʼzimizni «Hali anchagina vaqt borku», deya tinchlantiramiz. Natijada miyamizda «Oʼylagan maqsadlarimga erishish uchun hali oldinda yana 11 oy bor», degan tasavvur shakllanadi. Mart oyining soʼngiga kelib ham hanuzgacha rejamizdan ortda qolayotganimizni bilib turamiz, lekin shunda ham xavotirlanishga asos yoʼqdek tuyilaveradi. Nima uchun? Chunki hali oʼylagan ishlarimizni amalga oshirish uchun oldinda juda koʼp vaqtimiz bor, deb hisoblaymiz, bunga oʼrganib qolamiz va natijada bir yil shu tarzda oʼtib ketadi. Oxir-oqibat, yil oxiriga kelib ushbu notoʼgʼri fikrlash tarzi oʼz kuchini koʼrsatadi.Hali ancha vaqt bor, deb oʼzimizni ovutishga harakat qilamiz va shunga muvofiq ish koʼramiz. Bizda zarur vazifani ado etishga shoshilish hissi yoʼqligidan oʼtayotgan har bir hafta, har bir kun va har bir lahza muhimligini anglamaymiz. Аslida esa muhim vazifalar ayni kunlarda va ayni haftalarda amalga oshiriladi.
25 Mar, 13:42
25 Mar, 13:36